Yaponiyada o‘qish ishlash qanchalik oson.

Ko'rilgan: 376111

- Yaponiyada oliy taʼlim Davlat va Xususiy universitetlar: Yaponiyaga borish uchun turistik va biznes viza qilib yoki til kurslari hamda universitetga topshirish orqali ketsa bo‘ladi. Lekin eng yaxshisi bu til kursi hamda universitetga topshirish. Yaponiyada til maktablarining narxi 6000$-1000$gacha. Yaponiyada davlat va Xususiy universitetlar bor. Davlat universitetida o‘qish xususiyga qaraganda arzonroq. Darslar 1 kunda 4 soatdan bo‘ladi. Talabalardan TOEFL - 80 yoki IELTS kamida 5,5 talab qilinadi. Jahon taʼlim standartlariga javob beradigan universitetlarda taʼlim olishingiz mumkin, ulardan – Yamanashi Gakuin, Tokio International, Asia Pacifik xalqaro universiteti taʼlimi ingliz tilida bo‘ladi, universitet tomonidan yotoqxona beriladi yoki ijarada uyda tursa ham bo‘ladi. Kontrakt to‘lovlari 5000$-10 000$ gacha bo‘ladi semestriga, schoolorship beriladi 30%dan 100% gacha, bunda talabaning til sertifikati hamda maktab baholariga qaraladi. Agar talaba yaxshi o‘qisa 400$ dan stipendiya ham beriladi.


Talabaga o‘qishdan tashqari qonuniy ishlash mumkin haftasiga 28 - soat taʼtil vaqtlari 40 - soatgacha mumkin bo‘ladi. Bakalavr 4 – yil, Magistratura 2- yil bo‘ladi. Viza chiqishi yuqori darajada bo‘ladi, kamdan kam holatda elchixonadan rad javobi keladi.  -Yaponiyada yashash va ishlash: Yaponiya xalq mehnatsevar bo‘lganligi uchun 3% aholisi ishsiz. Yaponiyada o‘rtacha oylik ish haqqi 3000$, lekin buning uchun bir necha yillik malaka kerak bo‘ladi, boshlanishiga 1400-1500$ oylik olishadi. Til bilish darajaga qarab ishlashingiz mumkin, asosan talabalarga og‘ir ishlar berilmaydi, restoran, xizmat ko‘rsatish servislari, yetkazib berish xizmatlarida ishlasalar bo‘ladi. Soatiga kamida 10-12$ topsa bo‘ladi, haftasiga 28 soat ishlaydi.


 - Yaponiyada hayot: Poytaxti Tokio maydoni 377,8 ming km2, aholisi 124 840 000 kishi bo‘lgan  Yaponiya quyosh chiqar mamlakat, tabiati juda ham chiroyli, 6852 ta orollari mavjud ulardan 430 ta orolda odam yashaydi. Dunyodagi eng uzun osma temir yo‘l ham Yaponiyada joylashgan umumiy hisobda transport vositalari har tomonlama qulay va arzon. Zilzilalar ko‘p bo‘lgan hisobiga binolar zilzilaga moslashtirilgan. Yaponiya iqtisodiyoti dunyo bo‘yicha 3 o‘rinda turadi. Bilim berish sifat darajasi 99,9 %. Yaponiya byudjetini 20 % taʼlim sarflaydi. Yaponiyada yoshlarga qaraganda qarilar soni ko‘p, shunday ekan Yaponiyaga ishchi soni kam, chet eldan borgan talablardan 4 – yil ish berib hatto ularni olib qolishga ham harakat qiladi. Yaponiyada internet texnika ancha rivojlangan hamda ishlab chiqarish ko‘p va sifatli. Yaponiyani havosi toza tabiati go‘zal o‘qish tizimi yaxshi ishlash mehnat faoliyati umumiy aytganda judayam zo‘r.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!