______________________________________
Buxarestning Politexnika Universiteti ko'pincha "Ruminiyadagi eng qadimiy va eng obro'li muhandislik maktabi" deb ta'riflanadi. U Falsafa, matematik fan va o'lchov muhandisligi maktabi sifatida boshlandi. Bir qator nomlarni o'zgartirgandan so'ng, birinchi marta 1920 yilda "Politexnika" nomi paydo bo'ldi. 1948 yilda Buxarest politexnika instituti bo'lganidan so'ng, u 1992 yilda o'z nomini oldi.
30000 dan ortiq talaba bilan Ruminiya poytaxtidagi eng yirik texnik universitet bo'lib, "Ilmiy izlanishlar orqali bilimlarni yoyish va nazariy va amaliy bilimlarni talabalarning kasbiy tayyorgarligida ularni tanlagan soha uchun yetuk mutaxassis bolish maqsadi" ni vazida sifatida qo'ygan.
Univeristet quyidagi ingliz tilida o'qitiladigan dasturlarni taklif qiladi :
Bakalavriat - 2430 EUR (4 yil)
Magistratura 2430 EUR (2 yil)
Talabalarni qabul qilish bo'yicha 15 ta fakultetning eng kattasi Elektrotexnika, Telekommunikatsiya va Axborot Texnologiyalari; Avtomobil va Kompyuter Texnikasi va sanoat va Robototexnika. Fakultetlar uchta shaharchaga bo'linga(kampuslarga). Yuqori texnologiyalarga asoslangan korporatsiyalar tomonidan tobora ko'proq qiziqish uyg'otadigan maskanda joylashgan asosiy kampus 11 fakultetga ega, o'z metro stantsiyasiga ega va 2020 yildan boshlab asosiy kirish eshigi yonida Ibis mehmonxonasi joylashgan. Taniqli bitiruvchilar orasida sobiq olimpiya gimnastikachisi Nadiya Komaneci va Rumıniyaning demokratik tarzda saylangan birinchi prezidenti Ion Ilhiesku ham bor.
World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.