Universitetlar reytingi qanday aniqlanishini bilasizmi?
Bugungi kunda dunyoda oliy ta’lim muassasalarining reytingini aniqlovchi bir nechta nufuzli tizimlar mavjud. Har bir reyting agentligi o‘ziga xos mezonlarga tayanadi: ayrimlari professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari va maqolalariga, boshqalari esa ta’lim sifati, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi, xalqaro talabalar ulushi kabi omillarga asoslanadi.
Ular orasida eng mashhur va eng ko‘p e’tirof etilganlaridan biri — QS World University Rankings hisoblanadi. Mazkur reyting har yili yangilanib boradi va unda universitetlar global hamda mintaqaviy miqyosda turli mezonlarga ko‘ra baholanadi. Natijada, ba’zi universitetlar reytingda yuqoriga ko‘tariladi, boshqalari esa pastlab ketadi — bu esa sifat bo‘yicha raqobatni kuchaytiradi.
Agar siz ham dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni orzu qilsangiz, tanlov jarayonida aynan mana shunday xalqaro reytinglarga e’tibor berish nihoyatda muhim. Zero, bu sizning kelajakdagi ta’lim sifatiga, diplom qiymatiga va karyera imkoniyatlaringizga bevosita ta’sir qiladi.
Shu bosqichda sizga 18 yillik tajribaga ega, chet elda ta’lim bo‘yicha yetakchi konsalting kompaniyasi — World.uz yordamga keladi.
Biz har bir talabani individual tarzda ko‘rib chiqamiz — ularning qiziqishlari, bilim darajasi va moliyaviy imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, eng mos universitet va yo‘nalishni tavsiya qilamiz.
Maqsadimiz — sizni faqat chet elda o‘qishga yuborish emas, balki orzuingizdagi ta’lim va muvaffaqiyatli kelajak sari yetaklashdir.