Siz ham xalqaro miqyosda tan olingan diplomga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Kelajakda mehmonxona boshqaruvi, turizm yoki xizmat ko‘rsatish sohasida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritishni orzu qilasizmi? Unda aynan siz uchun katta imkoniyat — Malayziyaning Alfa universitetida 100% grant asosida bepul o‘qish imkoniyati mavjud!
Mazkur universitet Subang Jaya shahrida, Kuala-Lumpurga yaqin hududda joylashgan bo‘lib, talabalarga nafaqat bepul ta’lim, balki yotoqxona, kuniga uch mahal ovqatlanish va qonuniy ish bilan ta’minlanish imkoniyatini ham taqdim etadi. Shuningdek, siz o‘qish davomida amaliyot o‘tash orqali tajriba orttirishingiz, va haftasiga ruxsat etilgan ish soatlari orqali oyiga 300–400 AQSH dollari daromad topishingiz mumkin. Bu sizga moliyaviy mustaqillik, tilni tezroq o‘zlashtirish va xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib sharoit yaratadi.
Asosiysi — bu imkoniyatdan foydalanish uchun faqat IELTS 5.0 darajadagi ingliz tili sertifikati talab qilinadi! Universitetda o‘qish ingliz tilida olib boriladi va chet ellik talabalarga barcha zarur qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, Alfa universiteti faqat mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishigina emas, balki boshqa sohalar bo‘yicha ham 100% grant asosida o‘qish imkoniyatlarini taklif qilmoqda
Hamma jarayonlarni mustaqil bajarishga vaqt yo‘qmi? Hechqisi yo‘q! Barchasini World.uz bilan birga amalga oshirishingiz mumkin. Biz sizga hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash, ariza topshirish, universitet bilan bevosita bog‘lanish, viza olish va safarni tashkil qilishda to‘liq yordam beramiz. Siz faqat tanlov qilasiz – qolganini biz bajaramiz!
Bu imkoniyat sizni nafaqat zamonaviy bilim bilan ta’minlaydi, balki yangi madaniyatni o‘rganish, xalqaro do‘stlar orttirish va mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ham katta boshlanish bo‘ladi.
Imkoniyat eshiklarini bugun oching — World.uz bilan orzularingiz sari dadil qadam qo‘ying!